21:26 / 03.08.2017
6 803

Yoz chillasining so‘nggi kunlarida mo‘tadil harorat kutilmoqda

Yoz chillasining so‘nggi kunlarida mo‘tadil harorat kutilmoqda
Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, ertaga O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati o‘zgarib turadi, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli mavjud, deb yozadi Qalampir.uz nashri.

4 avgust kunining ob-havo ma’lumoti bilan tanishing.

Toshkentda havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +31... +33, kechasi esa +21... +23 daraja bo‘ladi. Shamol soniyasiga 12-17 metr tezlikda esadi.

Farg‘ona, Namangan va Andijonda kunduzi harorat +28... +33 daraja, kechasi esa +22... +27 darajada bo‘lishi kutilmoqda. Shamol tezligi 12-17 metr soniyani tashkil etadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda havo o‘zgarib turadi. Harorat kunduzi +31... +36, kechasi esa +20... +25 daraja bo‘lib, shamol sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli bo‘lib, harorat kunduzi +31... +36, kechasi +20... +25 darajani tashkil etadi. Shamol soniyasiga 5-10 metr tezlikda esishi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo bulutli bo‘ladi. Havo harorati kunduzi +31... +36, kechasi +20... +25 daraja tashkil etib, shamol sharqdan soniyasiga 5-17 metr tezlikda esishi mumkin.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi. Havo harorati kunduzi +35... +40 daraja, kechasi esa +22... +27 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda. Shamol sharqdan soniyasiga 5-17 metr tezlikda esishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yoz chillasining so‘nggi kunlarida mo‘tadil harorat kutilmoqda