22:36 / 04.08.2017
6 148

5 avgust kuni uchun ob-havo ma’lumoti

5 avgust kuni uchun ob-havo ma’lumoti
Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, ertaga O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati o‘zgarib turadi. Hududlarda havo bulutli bo‘lish ehtimoli ham mavjud.

5 avgust kunining ob-havo ma’lumoti bilan tanishing.

Toshkentda havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +33... +35, kechasi esa +20... +22 daraja bo‘ladi. Shamol soniyasiga 3-8 metr tezlikda esadi.

Farg‘ona, Namangan va Andijonda kunduzi harorat +30... +35 daraja, kechasi esa +18... +23 darajada bo‘lishi kutilmoqda. Shamol tezligi 5-10 metr soniyani tashkil etadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda havo o‘zgarib turadi. Harorat kunduzi +31... +36, kechasi esa +20... +25 daraja bo‘lib, shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli bo‘lib, harorat kunduzi +31... +36, kechasi +20... +25 darajani tashkil etadi. Shamol soniyasiga 3-8 metr tezlikda esishi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo bulutli bo‘ladi. Havo harorati kunduzi +31... +36, kechasi +20... +25 daraja tashkil etib, shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esishi mumkin.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi. Havo harorati kunduzi +33... +38 daraja, kechasi esa +20.. +25darajaga tushishi kutilmoqda. Shamol sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda esishi mumkin.


Manba: Qalampir.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 5 avgust kuni uchun ob-havo ma’lumoti