O‘zbekiston paviloni Ekspo-2017'da eng ko‘p kishilar tashrif buyurgan joylardan biriga aylandi

  • 05 avgust 2017, 17:31
  • 4 234
  • O‘zbekiston
  • O‘zbekiston paviloni Ekspo-2017'da eng ko‘p kishilar tashrif buyurgan joylardan biriga aylandi
    Ostonadagi EKSPO-2017 xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston paviloni eng ko‘p kishilar tashrif buyurgan joylardan biriga aylandi.

    Bu haqda pavilon rahbari Muhammadhoji G‘apporov «Anadolu»ga xabar berganligini ma’lum qilmoqda Kun.uz nashri. Ma’lum qilinishicha, ko‘rgazma ochilganidan beri o‘zbek paviloniga Qozog‘iston poytaxti va mehmonlaridan 250 ming nafari tashrif buyurgan.

    Maydoni 1,3 ming kv. m. bo‘lgan ikki qavatli pavilonda O‘zbekistonning muqobil energetika sohasidagi muvaffaqiyatlari, o‘zbek olimlarining ishlanmalari taqdim etilgan.

    G‘apporovning eslatishicha, Ostonadagi ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar elektromobillar hamda quyoshli batareyalardagi mashinalar, shuningdek, robotlar va ekouylar bilan tanishishi mumkin. Uning ishonch bildirishicha, yaqin orada bunday loyihalar kishilarning har kunlik hayoti bir qismiga aylanadi.

    Pavilon rahbarining ta’kidlashicha, O‘zbekiston quyosh energetikasi salohiyati 51 mln tonna neft hajmi bilan barobar, shamol quvvati imkoniyatlari esa 360 mln tonna neftdan ortiqni tashkil etadi.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyotining barcha sohalarida, jumladan, avtomobil sanoatida ham quyosh energiyasidan foydalanilmoqda.

    G‘apporov O‘zbekiston avtomobil sanoati imkoniyatlariga e’tibor qaratgan. «Har yili mamlakatimizda 200 ming avtomobil ishlab chiqariladi. 2030 yilga kelib ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning taxminan 49 foizi yoqilg‘ining muqobil turlarida ishlaydigan bo‘ladi», - deya ta’kidlab o‘tdi u.

    » » O‘zbekiston paviloni Ekspo-2017'da eng ko‘p kishilar tashrif buyurgan joylardan biriga aylandi