11:56 / 06.08.2017
6 784

O‘zbekiston dunyoning eng xavfsiz ikkinchi mamlakati

O‘zbekiston dunyoning eng xavfsiz ikkinchi mamlakati
O‘zbekiston Gallup instituti tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijasida dunyoning 135 mamlakati orasida Qonun ustuvorligi va tartib indeksi bo‘yicha ikkinchi o‘ringa munosib ko‘rildi. 100 ballik tizimda eng yuqori o‘rin Osiyoning yana bir mamlakati Singapurga taqdim etildi. U fuqarolarning mahalliy polisiyaga ishonchi, shaxsiy xavfsizlik hissi, o‘tgan yillardagi o‘g‘irliklar soni hamda tajovuz va bosqinchilik qilish holatlari bo‘yicha 97 ballik natijani ko‘rsatgan. O‘zbekiston 95 ball bilan ikkinchi o‘rindan joy olgan.

Aytish joizki, Singapur 2013 yildan beri ushbu reytingda birinchilikni qo‘ldan bergani yo‘q.

Ro‘yxatning birinchi o‘nligida, shuningdek, Islandiya (88 foiz), Turkmaniston, Norvegiya, Shveysariya, Jazoir, Finlandiya, Iordaniya va Vetnam davlatlari qayd etilgan.

Reytingning so‘nggi beshligida kamayib borish tartibida JAR, Janubiy Sudan, Dominikan respublikasi, Salvador, Liberiya va Venesuela davlatlari qayd etilgan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston dunyoning eng xavfsiz ikkinchi mamlakati