11:10 / 07.08.2017
4 825

Toshkentda ro‘yxatdan o‘tmagani uchun 4200 kishi jarimaga tortildi

Toshkentda ro‘yxatdan o‘tmagani uchun 4200 kishi jarimaga tortildi
Toshkent shahar IIBB 30 iyuldan boshlab «Tozalash-aksilterror» operasiyasini o‘tkazib kelmoqda. Bu haqda «Gazeta.ru»ga tayangan holda «Daryo» xabar bermoqda.

«Pasport-viza» tadbiri doirasida poytaxtda ko‘p qavatli uylardagi 96864 xonadon va xususiy sektorning 34380 uylari, shuningdek, 5452 muassasa va tashkilot tekshirildi. 4479 shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzilgan bo‘lib, shulardan 4265 nafari — ro‘yxatdan o‘tmay yashayotganlar, 146 nafari — propiskasiz yashash uchun taqdim etilgan uy-joy egalari, 68 nafari — propiskasiz shaxslarga ish bergan shaxslar.

Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan 456 kishi profilaktika hisobiga kiritildi. Ko‘p qavatli uylar joylashgan dahalarda 86 ta videokuzatuv kameralari o‘rnatildi.

59 shaxs IIBB reabilitasiya markaziga joylashtirildi, 78 o‘smir voyaga etmagan shaxslarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga olib borildi.

56 kishi davolanish muassasalariga yotqizilgan bo‘lib, shulardan 21 nafari — spirtli ichimliklarga mukkasidan ketganlar, 14 nafari — giyohvandlar va 21 nafari — ruhiy xastalardir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda ro‘yxatdan o‘tmagani uchun 4200 kishi jarimaga tortildi