13:07 / 10.08.2017
5 631

Videoselektorda amaldorlarga barcha viloyatlardagi kamchiliklar aks etgan videofilm qo‘yib berildi

Videoselektorda amaldorlarga barcha viloyatlardagi kamchiliklar aks etgan videofilm qo‘yib berildi
9 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Respublika bosh vaziri, bosh vazir o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi rahbarlari, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari ishtirok etdi.

«Kun» xabar berishicha, videoselektorda yig‘ilganlarga katta ekranda respublikaning turli nuqtalaridagi holatlarni aks ettiruvchi videofilm qo‘yib berildi. Filmda barcha viloyatlardagi muammolar (aholi uylari, yotoqxonalar, bog‘chalar va maktablardagi ayanchli holatlar) aks etgan. Yarim soatga yaqin vaqt davom etgan videofilmda aholi vakillaridan intervyular olingan, ular turar joylardagi yashash sharoitlaridan shikoyat qilishgan.

Prezident bu filmdan keyin viloyatlar hokimlari va senatorlarni izza qildi.

«Bu filmdan qanday xulosa qilasizlar? Hokimlar vijdoni bo‘lsa chiqib aytsin, bu ahvoldan keyin qaysi vijdon bilan o‘tiribdi xonasida? (bir muddat jimlik)

Bu hali qisqartirilgani. 10 foizigacha qisqartirdim. Lekin bu ahvolni butun dunyo ko‘rib turibdi. Butun dunyo tepadan turib olyapti suratlarni.

Videolavhalardagi kamchiliklar uchun kim javobgar? Biz xalqdan uzilib, yolg‘on raqamlarga mahliyo bo‘lib, o‘zimizni ham, xalqni ham aldab, shu ko‘yga tushdik. Oyog‘imiz erdan uzildi», deya kuyunchaklik bilan gapirgan prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Videoselektorda amaldorlarga barcha viloyatlardagi kamchiliklar aks etgan videofilm qo‘yib berildi