22:35 / 10.08.2017
5 991

11 avgust Toshkent va Farg‘ona vodiysi ahliga uzoq kutilgan yomg‘irni hadya etishi mumkin

11 avgust Toshkent va Farg‘ona vodiysi ahliga uzoq kutilgan yomg‘irni hadya etishi mumkin
Bir necha kundan buyon davom etayotgan jazirama 11 avgust kuni o‘rnini yomg‘irga bo‘shatib berishi mumkin. O‘zbekistonning barcha hududlarida havo harorati biroz pasayishi kutilmoqda, deb yozadi Qalampir nashri.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘ladi, kechasi harorat 23-25 daraja iliq bo‘ladi. G‘arbdan esuvchi shamol kechasi sharq tomonga o‘zgarib, soniyasiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi, kechasi 20-25 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida harorat 35 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi +20...+25 darajani tashkil qiladi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo harorati kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi. Kechasi 20-25 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Jazirama harorat Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida saqlanib qoladi. Havo harorati kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi. Kechasi 21-26 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Farg‘ona vodiysida 11 avgust kuni yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi 31-36 daraja issiq bo‘ladi, kechasi esa 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 11 avgust Toshkent va Farg‘ona vodiysi ahliga uzoq kutilgan yomg‘irni hadya etishi mumkin