19:32 / 12.08.2017
6 294

Samarqand va Istanbul o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi

Samarqand va Istanbul o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha Davlat inspeksiyasida O‘zbekiston va Turkiya aviasiya ma’muriyatlari o‘rtasida ikki tomonlama maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari”ga tayanib Kun.uz yozmoqda.

Uchrashuvda aviatashuvlar sohasida ikki tomonlama hamkorlikning yangi jihatlari muhokama qilindi. Turkiya Respublikasi Transport, dengiz ishlari va kommunikasiyalar vazirligi fuqarolik aviasiyasi bosh boshqarmasi bosh direktori Baxri Kesichining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash va har tomonlama rivojlantirish Turkiya tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Uchrashuvda yangi yo‘nalishlarni ochish va havo qatnovi to‘g‘risidagi ikki tomonlama Kelishuvga o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritish masalalari muhokama etildi. Tomonlar ikki davlatning tayinlangan aviatashuvchilari o‘rtasida tijorat hamkorligi bo‘yicha masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.

Maslahatlashuvlar yakuni bo‘yicha majlis Bayonnomasi imzolandi, unga muvofiq ikki davlatning tayinlangan aviakompaniyalariga Samarqand va Istanbul shaharlari o‘rtasida 2017-2018 yilgi qishki navigasiya davrida haftasiga bir marotaba muntazam reysni, yozgi jadvaldan boshlab esa – har bir aviatashuvchi tomonidan haftasiga ikki parvozni amalga oshirish huquqi berildi. Shu bilan birga, Toshkent hamda Istanbul o‘rtasida amalga oshiriluvchi reyslar soni o‘zgarishsiz qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Samarqand va Istanbul o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi