22:17 / 12.08.2017
5 652

13 avgust: O‘zbekistonda havo bulutli bo‘ladi

13 avgust: O‘zbekistonda havo bulutli bo‘ladi
Avgust oyining ikkinchi haftasi ham deyarli yakunlanmoqda. Yoz fasli tugashiga bir necha kun bor bo‘lsa-da, havo harorati 11 avgustdan biroz tushishni boshladi.

Ertaga, 13 avgust kuni Toshkent shahrida havo harorati kunduzi 30-32 daraja issiq, kechasi 15-17 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli bo‘ladi. Harorat kunduzi +27...+32 darajani, kechasi +15...+20 darajani tashkil qiladi.

Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Sharqdan shamol sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Harorat kunduzi 30-35 daraja issiq, kechasi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo bulutli bo‘lsada, harorat kunduzi 37 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi harorat +17...+22 darajani tashkil qiladi.


Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 13 avgust: O‘zbekistonda havo bulutli bo‘ladi