23:31 / 15.08.2017
7 227

Sobiq Adliya vaziri Hisob palatasiga rais bo‘ldi

Sobiq Adliya vaziri Hisob palatasiga rais bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sobiq Adliya vaziri Muzraf Ikromovni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi etib tayinladi.

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 avgustdagi PF-5152-son farmoniga muvofiq Muzraf Mubarakxodjaevich Ikramov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri lavozimidan ozod etildi», deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida.

Bundan avvalroq Jamshid Xo‘jaev O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani ma’lum bo‘lgandi.

14 avgust kuni Muzraf Ikromov o‘rniga Ruslanbek Davletov Adliya vaziri lavozimiga tayinlandi.

Muzraf Muborakxo‘jaevich Ikromov 1973 yili 14 sentyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy, mutaxassisligi — huquqshunos.

U 1990—1995-yillarda Toshkent davlat yuridik institutida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 1995 yili Adliya vazirligi iqtisodiy islohot bo‘yicha qonunchilik va me’yoriy hujjatlar loyihalarini tayyorlash hamda huquqiy ekspertiza qilish boshqarmasi katta maslahatchisi vazifasidan boshlagan. Keyinchalik mazkur boshqarmaning bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

2007 yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.

2008—2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi huquqiy ekspertiza bo‘limi mudiri bo‘lib ishlagan.

2012—2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmatining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati bilan hamkorlik qilish bo‘yicha sho‘’ba mudiri, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

2015 yilning fevralidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri lavozimida ishlab kelgan.


Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sobiq Adliya vaziri Hisob palatasiga rais bo‘ldi