24 avgust kuni Senatning 11-yalpi yig‘ilishi o‘tkaziladi

  • 19 avgust 2017, 00:38
  • 4 449
  • O‘zbekiston
  • 24 avgust kuni Senatning 11-yalpi yig‘ilishi o‘tkaziladi
    O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisini shu yil 24 avgust kuni Toshkent shahrida chaqiriladi. Parlament yuqori palatasi axborot xizmatiga tayanib «Gazeta.uz» xabar qilishicha, qator qonunlarni ko‘rib chiqish kun tartibiga kiritilgan.

    «Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida"gi, «Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar etkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida"gi, «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida"gi, «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi (yangi tahriri), «Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov to‘g‘risida"gi, «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida"gi qonunlar shular jumlasidandir.

    Yalpi majlisda senatorlar «O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kunini belgilash to‘g‘risida"gi va «O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida"gi qonunlarni ham ko‘rib chiqadilar.

    Shuningdek yalpi majlisning kun tartibiga Toshkent viloyatining To‘ytepa, Yangiyo‘l va Ohangaron shaharlarini viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish to‘g‘risidagi masalalar ham kiritildi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » 24 avgust kuni Senatning 11-yalpi yig‘ilishi o‘tkaziladi