15:44 / 23.08.2017
6 937

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi munosabatlar yanada kuchaytiriladi

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi munosabatlar yanada kuchaytiriladi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 2017 yilning 22 avgust kuni Dehlida Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasining Hindistonga rasmiy tashrifi doirasida o‘tkazildi.

Muzokaralar davomida tashqi siyosat idoralari rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarni ko‘rib chiqishdi.

Abdulaziz Komilov va Sushma Svaraj ikki tomonlama munosabatlarni yangi darajaga olib chiqishi lozim bo‘lgan “yo‘l xaritasini” qabul qilishdi.

Tomonlar O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi munosabatlarni hamkorlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha kuchaytirib borish hamda ikki davlatning o‘zaro munosabatlarida yangi sahifa ochishga kelishib olishdi.


Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi munosabatlar yanada kuchaytiriladi