08:38 / 24.08.2017
6 893

1000 dollargacha bo‘lgan davlat xaridlari endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma orqali amalga oshiriladi

1000 dollargacha bo‘lgan davlat xaridlari endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma orqali amalga oshiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tovarlar (ishlar, xizmatlar) ning davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirishning zamonaviy shakl va uslublarini yanada joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3237-sonli qarori qabul qilindi.

O‘tkazilgan tahlil shuni ko‘rsatdiki, davlat va korporativ xaridlarning hamda tender savdolarini tashkil etishning amaldagi tartibi zamonaviy talablarga javob bermaydi, turli xil korrupsiya ko‘rinishlari uchun sharoit yaratadigan ko‘plab kelishish jarayonlari, bir-birini takrorlaydigan tartib-taomillar va sansalorlik holatlarining mavjudligi sababli juda murakkab hisoblanadi, deyiladi qaror matnida.

Qarorga ko‘ra o‘rnatilayotgan yangi tartibga asosan 2018 yil 1 yanvarga qadar tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlari quyidagi ekvivalentlarga muvofiq, ya’ni:

1 ming AQSh dollaridan kam bo‘lgan bitta kontrakt — narxi, sifati va tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni etkazib berish muddatlari bo‘yicha eng maqbul keladigan shartlarni taklif qilgan etkazib beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish orqali;

1 mingdan 100 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan bitta kontrakt — buyurtmachi tuzadigan idoraviy tanlov komissiyalari tomonidan baholanadigan eng maqbul takliflarni tanlab olish orqali;

100 ming AQSh dollaridan yuqori miqdordagi bitta kontrakt — buyurtmachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zInjiniring» Respublika loyiha instituti, shuningdek, buyurtmachining tarmoq ilmiy-texnik kengashlarining vakillarini majburiy jalb etgan holda tuziladigan idoralararo tanlov (tender) komissiyalari tashkil etadigan tanlov (tender) savdolarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Mazkur xaridlar bo‘yicha texnik shartlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishilgan bo‘lishi shart.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasining investisiya loyihalarini amalga oshirish doirasida davlat va korporativ xaridlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilanadi va Resurslar yagona milliy ma’lumotnomasi va Davlat xaridlari yagona axborot portali yaratilishi hamda 2018 yil 1 yanvardan ishga tushirilishini ta’minlaydi.


Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 1000 dollargacha bo‘lgan davlat xaridlari endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma orqali amalga oshiriladi