13:45 / 26.08.2017
6 074

O‘zbekistonlik urush faxriylari Umra ibodatini ado etishdi

O‘zbekistonlik urush faxriylari Umra ibodatini ado etishdi
O‘zbekistonlik Ikkinchi jahon urushi faxriylari haj ziyoratini amalga oshirish uchun Saudiya Arabistonining Makkai mukarrama shahriga sog‘-salomat yetib kelishdi.

Faxriylar ishchi guruh va guruhboshilar hamrohligida tashkiliy ravishda maxsus avtobuslarda Ka’bai muazzamaga yo‘l olishdi. Ularning salomatliklarini muntazam nazorat qilib borish maqsadida shifokorlar guruhi ham faxriylarga hamrohlik qilishdi. Masjidul Haramga yetib kelgan o‘zbekistonlik ziyoratchilarning barchalari Umra ibodatini mukammal ado etishdi.

Faxriylar o‘z ibodatlarini amalga oshirar ekan, xalqimiz farovonligi, yurtimiz osmoni hamisha musaffo bo‘lishi, mana shunday sharoitlarni yaratib bergan Prezident Shavkat Mirziyoyev haqiga duo qilishdi.


Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonlik urush faxriylari Umra ibodatini ado etishdi