22:45 / 26.08.2017
5 729

Nursulton Nazarboyev O‘zbekistonga keladi

Nursulton Nazarboyev O‘zbekistonga keladi
2017 yilning 25 avgust kuni Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev boshchiligidagi delegatsiya Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan «EKSPO-2017» xalqaro ko‘rgazmasi doirasida Rossiya, O‘zbekiston, Turkmaniston, Koreya Respublikasi va Fransiya pavilonlariga tashrif buyurdi.

Qozog‘iston rahbari O‘zbekiston pavilonida respublikaning energiyaning muqobil turlaridan foydalanish bo‘yicha imkoniyatlari orqali taqdim etilgan energetik salohiyati bilan tanishdi. O‘zbekiston pavilonida taqdim etilgan har bir eksponat bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Nursulton Nazarboyev ichki o‘rnatilgan quyosh panellariga ega elektromobilning konseptual modeli va quyosh hamda shamol quvvati yordamida ishlovchi ekozavod maketi, shuningdek, maxsus turbinali tegirmonlarga alohida qiziqish bildirdi. Qozog‘iston rahbarining ta’kidlashicha, ishlab chiqilgan konseptlar ancha istiqbolli g‘oyalar sanaladi.

Nazarboyev O‘zbekistonga yaqin orada rasmiy tashrif bilan borishni rejalashtirgani haqida ham aytib o‘tdi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Nursulton Nazarboyev O‘zbekistonga keladi