01:13 / 27.08.2017
10 851

Toshkentda yangi va zamonaviy konsert zali quriladi

Toshkentda yangi va zamonaviy konsert zali quriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 avgust kuni «O‘zbekiston Davlat koservatoriyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida»gi PQ-3243 sonli qarorni imzoladi. Bu haqda Prezidentning rasmiy saytida e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Toshkent shahridagi ikkita bino, jumladan, «Toshkent» respublika fond birjasining binosi, shuningdek, Bo‘stonliq tumanidagi sanatoriya ham davlat konservatoriyasiga berilishi haqida xabar berilgan edi, deb yozadi Kun.uz.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga tezkor foydalanish huquqi bilan poytaxtimizning Buxoro ko‘chasi 10-uy manzilida joylashgan bino va inshootlar («Fond bozori axborot resurs markazi» davlat unitar korxonasi tasarrufidagi binolardan tashqari) berilmoqda. U yerda jahon standartlariga mos keluvchi zamonaviy konsert zali barpo etiladi.

Buning evaziga «Toshkent» respublika fond birjasi» aksiyadorlik jamiyati Mustaqillik ko‘chasi 107-uy manzilidagi binoni o‘z egaligiga oladi. Ushbu binoning chap qanotidagi 1-qavati va unga mos podval qismini Davlat raqobat qo‘mitasining qimmatbaho qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish Markazi tezkor foydalanishga oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda yangi va zamonaviy konsert zali quriladi