09:32 / 31.08.2017
6 381

Mirziyoyev oktyabr oyida Turkiyaga tashrif buyuradi

Mirziyoyev oktyabr oyida Turkiyaga tashrif buyuradi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oktyabr oyida Turkiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘anning O‘zbekiston mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan Mirziyoyev nomiga yuborgan qutlovida aytiladi.

Erdo‘g‘anning qayd etishicha, “diplomatik munosabatlarimiz o‘rnatilganining 25 yilligiga to‘g‘ri kelgan 2017 yilda hamkorligimiz sezilarli darajada faollashdi”.

“O‘tgan yil noyabr oyida Samarqanddagi uchrashuvimiz bu jihatdan burilish nuqtasi bo‘lib xizmat qildi va muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi muloqotlar orqali munosabatlarimiz barcha sohalarda jadal rivojlanmoqda. Ishonamanki, shu yil oktyabr oyida Sizning Turkiyaga amalga oshiradigan tashrifingiz bugungi kundagi munosabatlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etadi”, - deb yozadi Turkiya prezidenti.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mirziyoyev oktyabr oyida Turkiyaga tashrif buyuradi