09:03 / 02.09.2017
6 795

Almazbek Atamboyev Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti bo‘lganidan keyingi o‘zgarishlar haqida gapirdi

Almazbek Atamboyev Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti bo‘lganidan keyingi o‘zgarishlar haqida gapirdi
Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevga tabrik maktubini yo‘lladi.

Unda shunday deyiladi:

“Milliy bayram – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni munosabati bilan samimiy tilaklarimni qabul qilgaysiz.

Siz davlat rahbari sifatida faoliyat boshlaganingizdan buyon xalqlarimiz o‘rtasida asrlar davomida shakllangan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari yangi bosqichga ko‘tarilganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etaman. Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik bundan buyon ham rivojlanib, mazmun jihatdan boyib boraveradi.

Fursatdan foydalanib, Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, davlat rahbari sifatidagi faoliyatingizda mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va ulkan muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga tinchlik, ezgulik va farovonlik tilayman”.

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Almazbek Atamboyev Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti bo‘lganidan keyingi o‘zgarishlar haqida gapirdi