18:01 / 02.09.2017
8 745

O‘zbekiston Yevropaga meva va sabzavotlar yetkazib beradi

O‘zbekiston Yevropaga meva va sabzavotlar yetkazib beradi
Latviya poytaxti Riga shahrida joriy yilning 28-30 avgust kunlari Latviya-O‘zbekiston mamlakatlari o‘rtasida biznes forum o‘tkazildi.

Ushbu forum doirasida «O‘zbekoziqovqatxolding» XK vakillari tomonidan oziq-ovqat sohasida bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

«O‘zbekoziqovqatxolding» matbuot xizmati «Kun.uz»ga xabar qilishicha, bu muzokaralar natijasiga ko‘ra, Riga shahrida O‘zbekiston -Latviya savdo uyi ochilishiga kelishib olindi. Shuningdek, Yevropaning barcha mamlakatlari, Skandinaviya va Boltiqbo‘yi davlatlariga O‘zbekistondan keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlarni saqlab va yetkazib beruvchi logistika markazi «hub» ishga tushiriladi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad Yevropa mamlakatlari savdo pesh-taxtalarini O‘zbekistonning sarxil mevalari va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashdir.

Muzokaralar davomida shuningdek, Jizzax viloyatida qattiq turdagi pishloq mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonani ochish bo‘yicha memorandum imzolangan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Yevropaga meva va sabzavotlar yetkazib beradi