13:31 / 05.09.2017
6 625

476=241. O‘zbekiston va Qirg‘iziston shuncha gektar yerni o‘zaro ayirboshladi

476=241. O‘zbekiston va Qirg‘iziston shuncha gektar yerni o‘zaro ayirboshladi
O‘zbek-qirg‘iz chegerasini aniqlashda o‘zaro hududlar almashinuvi amalga oshirildi. Bu haqda Qirg‘iziston respublikasi Jalolobod viloyati maxsus vakili o‘rinbosari Mamasoli Akmamatovga asoslangan holda AKIpress axborot agentligi xabar qilmoqda.

Jalolobod viloyati O‘zbekistonning 3 viloyati bilan chegaradosh. Qirg‘iziston hukumatining ushbu viloyatdagi maxsus vakilining birinchi o‘rinbosari Mamasoli Akmamatovning 4 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilishicha, O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegaralarining 643 km aniqlab bo‘lingan. Muzokaralarning ikkinchi bosqich uchrashuvlarida yana 80 km chegaraga aniqlik kiritiladi.

«Shunday joylar bo‘ldiki, O‘zbekiston xaritasidan joy olgan, ammo u yerlarda bizning odamlar yashaydi, yana shunday joylar borki, bizga tegishli, lekin o‘zbek xalqi istiqomat qiladi. Biz 476 gektar yerni olib, 241 gektar yerni berdik»,- degan Akmamatov.

Shuningdek, uning ma’lum qilishicha, O‘ngartog‘ hududi Qirg‘iziston hududida. Tog‘ hududi O‘zbekiston hududiga 217 kmga kirib ketgan bo‘lib, tomonlar bu borada bir to‘xtamga kelganlari yo‘q.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 476=241. O‘zbekiston va Qirg‘iziston shuncha gektar yerni o‘zaro ayirboshladi