7 105
Import mahsulotlarga boj bekor qilinmoqda va aksiz soliqlari kamaytirilmoqda — Prezident qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 sentyabr kuni «O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishning navbatdagi chora tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Qaror matniga ko‘ra, Import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada rag‘batlantirish, uning raqobatbardoshligini oshirish, milliy ishlab chiqaruvchilarni xorijdan kiritilayotgan xomashyo va materiallar bilan ta’minlashda qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, aholining iste’mol talabini qanoatlantirish maqsadida 2017 yilning 10 sentyabridan boshlab:
Farmonning 1-ilovasiga muvofiq, mahsulotlarning ayrim turlariga nisbatan import bojxona bojlari stavkasi;
Farmonning 2-ilovasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan aksiz solig‘i ostidagi mahsulotlarning aksiz soliqlari o‘rnatilmoqda.
2017 yil 10 sentyabrdan boshlab, 3-ilovaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritiladi.
Qaror ijrosi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari J.Qo‘chqorov va Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.Tohiriy zimmasiga yuklatilgan.
Qayd etib o‘tish joizki, Prezident qaroriga ko‘ra, respublikamizga olib kirilayotgan ko‘plab mahsulotlarga boj stavkalari bekor qilingan va ayrimlarining aksiz soliqlari stavkalari kamaytirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!