16:09 / 11.09.2017
6 223

Samarqanddagi Shohi Zinda ko‘chasida piyodalar uchun mo‘ljallangan yangi zamonaviy ko‘prik qurildi

Samarqanddagi Shohi Zinda ko‘chasida piyodalar uchun mo‘ljallangan yangi zamonaviy ko‘prik qurildi
Samarqand shahridagi Shohi Zinda ko‘chasining Islom Karimov ko‘chasi yo‘nalishida piyodalar uchun mo‘ljallangan yangi zamonaviy ko‘prik qurildi. Bu haqda «Samarkandskiy vestnik»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov dafn qilingan Hazrati Xizr masjidi yonidagi yodgorlik majmuida keng ko‘lamli rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari nihoyasiga yetmoqda.

Buning natijasida Vohid Abdullayev hamda Shohi Zinda ko‘chalari chorrahasining tashqi ko‘rinishi tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi. Yodgorlik majmuaga tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida zinalar, dam olish o‘rindiqlari, ayvonlar, avtomobillar uchun turargohlar qurildi.

«Shohi Zinda ko‘chasidagi piyodalar uchun mo‘ljallangan ko‘prikni bir yarim oy ichida qurib bitkazdik. Hozirda hududni obodonlashtirish ishlari yakuniga yetmoqda, unga salkam 50 kishi jalb qilingan», — deydi «Samvilqurilishservis» MChJ direktori Akmal To‘xtamurodov.

Ushbu yodgorlik majmuasi 2018 yilning 30 yanvarida, Islom Karimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan ochilishi kutilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Samarqanddagi Shohi Zinda ko‘chasida piyodalar uchun mo‘ljallangan yangi zamonaviy ko‘prik qurildi