Buxoro muhandislik institutining bir qator o‘qituvchilari poraxo‘rlik ustida qo‘lga olindi

  • 19 sentyabr 2015, 15:33
  • 5 527
  • O‘zbekiston
  • Buxoro muhandislik institutining bir qator o‘qituvchilari poraxo‘rlik ustida qo‘lga olindi

    Joriy yilda qismi muddat ichida Buxoro muhandislik texnologiya institutining 3 nafar o‘qituvchisi pora ustida qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro shahar prokurori Rashid Rahmatov xabariga tayanib Kun.uz xabar berdi.

    Ulardan biri, institutning kimyoviy texnologiyalar fakultetida assistent lavozimida ishlab kelayotgan Ismat Davlatov talabalardan 660 ming so‘m to‘plab, bu pullarni qo‘lga kiritishga harakat qilayotganida qo‘lga olindi.
    Yana bir shaxs, shu institutning chizmachilik va chizma geometriya kafedrasi o‘qituvchisi Qavmiddin Omonov ham xuddi shu yo‘l bilan, faqat kattaroq “stavka” belgilagan holda talabalardan 1.225 mln so‘m to‘pladi. U bu pullarni kafedra mudiri xonasida olayotgan paytida qo‘lga olindi.

    Institutning elektrotexnika va ishlab chiqarishda axborot kommunikasiya texnologiyalari fakulteti dispetcheri vazifasida ishlovchi Sherzod Yarashov esa 2-kurs talabasi Murodjon Sirojovdan turli bahonalar bilan 300 dollar tama qilgan. Sirojov tegishli tashkilotlarga murojaat qilgan. Natijada poraxo‘r 200 dollar pulni olayotgan chog‘da qo‘lga olingan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Buxoro muhandislik institutining bir qator o‘qituvchilari poraxo‘rlik ustida qo‘lga olindi