Mirziyoyev 2018 yilda qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish bo‘yicha qarorni imzoladi

  • 19 sentyabr 2017, 23:07
  • 5 982
  • O‘zbekiston
  • Mirziyoyev 2018 yilda qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish bo‘yicha qarorni imzoladi
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2018 yilda qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning prognoz hajmlari bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi, deb yozadi Kun nashri.

    Qaror bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston fermerlari kengashi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, xarid qilish hamda xizmat ko‘rsatish tashkilotlari, tijorat banklari, shuningdek boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlari quyidagicha belgilandi:

    birinchidan, tuproq unumdorligini chuqur tahlil qilish, suv, joylar ixtisoslashuvi, ekinlar hosildorligi va boshqa omillarni hisobga olgan holda, mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitiga asoslangan intensiv texnologiyalar yordamida yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarini, ayniqsa, sabzavot-poliz mahsulotlari, moyli o‘simliklar, dukkakli ekinlar, yem-xashak ekinlari, kartoshka, bog‘dorchilik va uzumzorlarni oqilona joylashtirish bo‘yicha samarali takliflarni tayyorlash;

    ikkinchidan, fermer xo‘jaliklari va ekin maydonlari kesimida qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish tizimini joriy etish, u fermer xo‘jaliklari va ta’minot tashkilotlari o‘rtasida shartnoma tuzish, moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish, moliyalashtirish, o‘z vaqtida va sifatli agrotexnika tadbirlari amalga oshirish, hosilni yig‘ib olish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni faqatgina xizmat ko‘rsatuvchi banklar orqali sotishni nazarda tutuvchi qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishning to‘liq davrini ko‘zda tutishi kerak;

    uchinchidan, fermer xo‘jaliklari va ekin maydonlari kesimida qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirishni samarali ro‘yxatga olinishini ishlab chiqish va joriy etish, mahsulotni o‘z vaqtida va sifatli yetishtirish bo‘yicha choralar monitoringi, agrotexnika tadbirlari, hosilni yig‘ish, sotish bo‘yicha tadbirlarni xizmat ko‘rsatuvchi banklar orqali amalga oshirish;

    to‘rtinchidan, fermer xo‘jaliklariga yuqori hosildor va erta pishadigan qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini tanlash, ularni moddiy-texnika resurslari bilan o‘z vaqtida ta’minlash, fermer xo‘jaliklari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga qiziqishlarini oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishda yordam berish.

    Belgilanishicha, qishloq xo‘jaligi ekinlari maydonlarini joylashtirish qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning to‘lqin davrini o‘z ichiga oladi, jumladan:

    yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, yer balansiga rioya qilish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun zamonaviy va resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etish;

    fermer va dehqon xo‘jaliklarining ixtisoslashuvi, hududlarning tuproq-iqlim sharoiti, yerlarning meliorativ holati, yerlarning unumdorligi, ularning suv bilan ta’minlanganligi, hosilni tahlil qilish va hokazolarni hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish;

    fermer xo‘jaliklari va sotib olish tashkilotlari o‘rtasida shartnoma tuzish, moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish, moliyalashtirishni ta’minlash, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish;

    fermerlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotish monitoringi va hisobini yuritish, sotilgan mahsulotlar evaziga olingan daromadlarni xizmat ko‘rsatuvchi banklarga topshirishni ta’minlash;

    qishloq xo‘jaligi ekinlari joylashtirilishining buzilishi, shartnoma majburiyatlarining bajarilmasligi, fermer xo‘jaliklarini moddiy-texnika resurslari bilan o‘z vaqtida ta’minlamaganlik uchun qat’iy choralar ko‘rish.

    Hujjatning to‘liq matni bilan davlat rahbari rasmiy saytida tanishish mumkin.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Mirziyoyev 2018 yilda qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish bo‘yicha qarorni imzoladi