16:07 / 27.09.2017
6 036

O‘zbekistonda hafta oxirida harorat keskin pasayadi

O‘zbekistonda hafta oxirida harorat keskin pasayadi
Joriy hafta oxirida O‘zbekistonda harorat keskin pasayishi kuzatilishi mumkin. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xabariga ko‘ra, 28 sentyabr kunidan mamlakat hududiga shimoldan sovuq havo oqimi kirib keladi.

«28-30 sentyabr va 1 oktyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi hududiga Qozog‘iston Respublikasi va Povolje orqali Yevropaning Rossiya qismida (Moskva viloyatida) hosil bo‘lgan nam, sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda», deyilgan xabarda .

28-30 sentyabr kunlari Respublika hududida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, shamol tezligi 15-20 m/s, (55-75 km/soat) gacha kuchayishi kutilmoqda. 28-30 sentyabr kunlarida havo harorati kunduzi 15-20 daraja iliq, 30 sentyabr va 1 oktyabr kunlari kechasi 3-8 daraja iliq, vaqti-vaqti bilan 0 darajagacha sovushi kutilmoqda.

Shuningdek, hafta oxirida Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.

Manba: Kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda hafta oxirida harorat keskin pasayadi