16:10 / 27.09.2017
5 630

McDonald's franshiza asosida O‘zbekistonga kirib kelishi mumkin

McDonald's франшиза асосида Ўзбекистонга кириб келиши мумкин
Amerikaning dunyoga mashhur restoranlar tarmoqlaridan biri McDonald's O‘zbekiston bozoriga kirib kelishga qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, jahonning yirik umumovqatlanish brendlari O‘zbekiston bozoriga kirib kelish imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda. O‘zbekiston Tashqi savdo vaziri Elyor G‘aniyev Xalqaro Press-klubning 27 sentyabrdagi yig‘ilishida shu haqda so‘z yuritdi. U jurnalistlar tomonidan berilgan savolgajavob berar ekan, jumladan shunday dedi:

“McDonald's va boshqa umumovqatlanish jahon brendlari O‘zbekiston bozoriga bevosita yoki franshiza orqali kirib kelish imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda. Biroq Nyu Yorkda tashkil etilgan O‘zbek-Amerika biznes forumida bu masala muhokama qilinmadi”.

Tashqi savdo vaziri O‘zbekistonning bu yo‘nalishdagi bozori ham ochiqligini ta’kidladi.

U, shuningdek, O‘zbekiston AQSh bilan uran savdosi yirik bitim imzolaganini ma’lum qildi. “Uran yetkazib berish bo‘yicha shartnoma uzoq muddatli bo‘lib, 7 yilga mo‘ljallangan. Uning qiymati 300 mln dollarni tashkil etadi. Uning qiymati birja savdolaridagi narxlarga bog‘liq bo‘ladi, - dedi tashqi savdo vaziri. – Shunga binoan, aytish mumkinki, bu bitim boshqa ayrim uran yetkazib beruvchi mamlakatlarning shartnomalariga qaraganda ancha foydaliroqdir”.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » McDonald's franshiza asosida O‘zbekistonga kirib kelishi mumkin