17:33 / 27.09.2017
5 221

Tibbiyot OTM bitiruvchilarining 74 foizi shu yo‘nalishda ishga joylashdi

Tibbiyot OTM bitiruvchilarining 74 foizi shu yo‘nalishda ishga joylashdi
O‘zbekistondagi tibbiyot OTM bitiruvchilarining 74 foizi o‘zi ta’lim olgan yo‘nalishda ishga joylashdi. 27 sentyabr kuni Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy ta’limdagi islohotlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

Tadbirda ma’lum qilinishicha, 2016-2017 o‘quv yilida tibbiyot yo‘nalishida faoliyat yurituvchi oliy ta’lim muassasalarini 3 197 nafar talaba tugallagan. Shulardan 2 366 nafari, ya’ni 74 foizi shu yo‘nalish bo‘yicha ishga joylashgan. 445 nafari magistratura bosqichida o‘qishni davom ettiradigan bo‘ldi, 250 nafari klinik ordinaturasida bo‘lsa, ishga joylashmaganlar atigi 4 kishini tashkil qiladi.

Shuningdek tadbirda tibbiy ta’lim muassasalariga kvotalar oshib borayotgan bo‘lsa-da, kadrlar yetishmovchiligi masalasi hali ham dolzarb ekani qayd etildi. Fan va o‘quv yurtlar boshqarmasi boshlig‘i O‘ktam Safoyevichning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda har 10 000 aholiga 26,4 shifokor to‘g‘ri kelmoqda. Bu respublika miqyosidagi ko‘rsatkich, ba’zi viloyatlarda esa bu ko‘rsatkich 15-16 kishini tashkil qiladi. Shunday bo‘lsa-da, bu o‘tgan yilgiga nisbatan baland ko‘rsatkich ekani ta’kidlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Tibbiyot OTM bitiruvchilarining 74 foizi shu yo‘nalishda ishga joylashdi