Almazbek Atamboyev o‘zbek-qirg‘iz chegarasi bo‘yicha kelishuvni imzoladi

  • 02 oktyabr 2017, 15:22
  • 3 623
  • O‘zbekiston
  • Almazbek Atamboyev o‘zbek-qirg‘iz chegarasi bo‘yicha kelishuvni imzoladi
    Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi qonunga imzo chekdi. Bu shartnoma shu yilning 5 sentyabr kunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Bishkekka tashrifi chog‘ida imzolangandi.

    28 sentyabr kuni Qirg‘iziston parlamenti ushbu qonunni qabul qildi. Qonun muhokamasi yopiq eshiklar ortida o‘tkazildi.

    Kelishuvdan maqsad ikki davlat chegaralari chiziqlarini belgilab olish hisoblanadi.

    Hujjatda umumiy chegaraning 1,170 kilometrlik qismi tavsiflangan.

    O‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan chegarasi 1378 kilmoyetrni tashkil etadi.

    Qonun rasman e’lon qilingan muddatdan kuchga kiradi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Almazbek Atamboyev o‘zbek-qirg‘iz chegarasi bo‘yicha kelishuvni imzoladi