O‘zvinsanoatxolding 2014 yilda 26.4 mlrd so‘m daromad ko‘rdi

  • 28 sentyabr 2015, 21:45
  • 4 496
  • O‘zbekiston
  • O‘zvinsanoatxolding 2014 yilda 26.4 mlrd so‘m daromad ko‘rdi

    “O‘zvinsanoatxolding” kompaniyasi 2014 yilda 26.4 mlrd so‘m sof daromad oldi. Bu haqda kompaniya tarqatgan xabarnomada aytildi.

    Ta’kidlanishicha, topilgan pullarning 67 foizi – 17.7 mlrd so‘m – AJning hamda xolding tarkibiga kiruvchi unitar korxonalarning ustav fondlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan, 15 foizi yoki 3.9 mlrd so‘m dividentlar to‘lashga, 10 foizi, ya’ni 2.6 mlrd so‘m hukumat qarorlarini bajarishga, 6.5 foizi (1.7 mlrd so‘m) zaxira fondiga, nihoyat, 1.2 foizi (315 mln so‘m) moddiy rag‘batlantirishga sarflangan.
    Xabarnomada qayd qilinishicha, hisobot davrida 1.6 trln so‘m miqdoridagi xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarilgan. Iste’molchilarga 30.585 mln l uzum vinosi, 60.138 mln l aroq va aroq mahsulotlari (+2.9 foiz), 636.7 ming l konyak (+12.6 foiz) va 65.997 mln l oziq-ovqat spirti (+1.4 foiz) ishlab chiqarilgan. 2014 yilda kompaniya korxonalari tomonidan 174 turdagi yangi alkogol mahsulotlari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zvinsanoatxolding 2014 yilda 26.4 mlrd so‘m daromad ko‘rdi