16:31 / 05.10.2017
9 430

Foto: Almazbek Atamboyev Toshkentga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev 5 oktyabr kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi, deb yozadi Kun.uz nashri.

O‘zA xabar berishicha, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atamboyev va uning rafiqasini O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan kutib oldi.
Foto: Almazbek Atamboyev Toshkentga keldi


O‘zbekiston Prezidentining 5-6 sentyabr kunlari Qirg‘izistonga davlat tashrifi chog‘ida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muloqotning davomi sifatida ikki davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashadilar.

O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida Qo‘shma deklaratsiya qabul qilinishi, shuningdek, turli sohalarda o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Prezidentlarning Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasiga tashrif buyurishi ham rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Foto: Almazbek Atamboyev Toshkentga keldi