5 240
O‘zbekistonning Anqaradagi elchisi Turkiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Alisher A’zamxo‘jayev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda «O‘zbekiston TIV» matbuot xizmatiga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
Turkiya prezidenti bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston Turkiyaning Markaziy Osiyo va jahondagi muhim hamkori ekanligini ta’kidlab, barcha o‘zaro manfaatli sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishga tayyor ekanligini bildirdi.
Shuningdek, 2016 yilning noyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng kuzatilgan O‘zbekiston—Turkiya munosabatlaridagi ijobiy dinamika alohida qayd etilgan. Pekin, Ostona va Nyu-York shaharlaridagi ikki davlat rahbarlarining bo‘lib o‘tgan uchrashuvlari o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun mavjud ulkan imkoniyatlarni amalga oshirishga imkon berdi, deyiladi TIV xabarida.
Turkiya davlati rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatga bo‘lajak tashrifi muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlar ekan, ushbu tashrif O‘zbekiston—Turkiya siyosiy muloqotini yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, moliyaviy-texnikaviy va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirishga yangi turtki berishini qayd etib o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi