O‘zbekiston hukumati mahalliy hokimiyatlarga 2017 yil 1 dekabrdan boshlab yangi avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarini (AGQSh) qurish uchun yer ajratishni taqiqladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 11 oktyabrdagi qarorida belgilab qo‘yilgan.
Shu bilan birga, mavjud AGQShlarni avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalariga (AGTKS) bosqichma-bosqich o‘zgartirish rejalashtirilgan. Yoqilg‘i quyish shoxobchalarini o‘zgartirishning batafsil rejasi joriy yilning dekabr oyi o‘rtalariga qadar ishlab chiqiladi.
«O‘zbekneftegaz» Janubiy Koreyaning NK Group kompaniyasi bilan birgalikda uskunalarni sotib olishni yengillashtirish va xarajatlarni kamaytirish maqsadida, statsionar va ko‘chma AGTKSlar uchun uskunalar, ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish, shuningdek. ularga servis xizmati ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etadi.
2019 yil oxiriga qadar respublika bo‘ylab 178 ta yoqilg‘i quyish shoxobchasini qurish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, mamlakatda hozirda 569 ta shunday shoxobcha mavjud.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?