Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida «Tovar bozorlarida raqobatni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida«gi Prezident qarorining loyihasi muhokama qilinmoqda, deb xabar berdi UzNews.
Hujjatda 2018 yil 1 yanvardan boshlab yuridik shaxslarga, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarga hisobvaraq faktura berish asosidagi sotish va sotib olish shartnomalarini tuzmasdan korporativ bank kartochkasi orqali naqdsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.
Ayni paytda milliy valyutadagi korporativ bank kartalari faqatgina to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha majburiyatlarni ko‘zda tutgan kelishuvga ega savdo va xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlar tomonidan qabul qilinadi. Mazkur kelishuv to‘lovlarni qabul qiluvchi sub’ekt va xizmat ko‘rsatuvchi banklar o‘rtasida imzolanadi.
Bundan tashqari, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar qiymati 5000 AQSh dollargacha bo‘lgan mahsulot, ish va xizmatlarni oldindan to‘lovlarsiz internet orqali eksport qilishi mumkin bo‘ladi. Bunda eksport shartnomasi bo‘lishi va bu haqda YaIDXPga ma’lumot kiritilishi talab qilinadi.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi