08:59 / 27.10.2017
7 104

«IslomKarimov.uz» sayti ochildi

«IslomKarimov.uz» sayti ochildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasining rasmiy sayti – islamkarimov.uz, islomkarimov.uz ish boshladi, deb xabar qiladi Kun nashri.

Saytdagi materiallar o‘zbek, ingliz va rus tillarida taqdim etilgan.

Sayt «UZINFOCOM» kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy qilish markazi mutaxassislari ko‘magida ishlab chiqilgan.

Sayt internet foydalanuvchilariga O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning hayoti va faoliyati bilan batafsil tanishish uchun qulay imkoniyat taqdim etgan.

Manbada Islom Karimovning tarjimai holi, davlat mukofotlari, asarlari, Vatanimiz mustaqilligi solnomasi, jamiyat va davlat hayotining turli jabhalaridagi o‘zgarishlar va islohotlar bilan tanishish mumkin.

«Xotiralar» bo‘limi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedevning so‘zlari bilan boshlanadi: «Islom Karimov kuchli va yorqin shaxs sifatida xotiramizda muhrlanib qolgan. Nafaqat men, balki u bilan tanish bo‘lgan boshqa kishilar ham uning o‘ta kuchli xotirasi, doimo o‘z so‘zida turishi, nutqlarida ko‘zda tutilgan aniq vaziyatlar, istiqbollarga xolis baho berish qobiliyatini yuksak baholardik».

“Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarining bosh muharriri O‘tkir Rahmat “Birinchi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning “o‘zbek modeli”ni amalga oshirish va zamonaviy davlat barpo etish borasidagi strategik tamoyillarga biz o‘z ishimizda doimo suyanamiz”. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan aytilgan bu so‘zlarda chorak asrlik mustaqil taraqqiyot davomida O‘zbekistonning buyuk farzandi, butun hayoti va bor kuch-g‘ayratini to‘laligicha Vatan xizmatiga baxshida etgan, o‘z xalqini jondan sevgan Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda qo‘lga kiritilgan yutuqlar e’tirofi o‘z ifodasini topgan", deb ta’kidlaydi.

Saytda, shuningdek, mediateka mavjud bo‘lib, u orqali foto va videogalereya materiallari bilan tanishish mumkin.

Virtual sayohat Toshkentdagi Islom Karimov haykali va uning atrofidagi hududlar bilan tanishish imkonini beradi.

Sayt foydalanuvchilari mustaqil O‘zbekiston tarixi haqida ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi o‘z faoliyatini Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirmoqda. Bu haqidagi ma’lumotni ham mazkur saytdan topish mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «IslomKarimov.uz» sayti ochildi