18:56 / 27.10.2017
8 369

Samarqand viloyatidagi dorixonalar litsenziyasi yangilanmoqda

Samarqand viloyatidagi dorixonalar litsenziyasi yangilanmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 17 iyuldagi «Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan. Bu haqda «O‘zA»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Qarorda dorixonalar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha yangidan joriy etilgan talablarga asosan ularning dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish bo‘yicha amaldagi litsenziyasi 2018 yil 1 yanvarga qadar qayta rasmiylashtirilishi shart ekani belgilangan. Qayta rasmiylashtirish ishlari yangi litsenziyalovchi organ – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshirilmoqda. Shuningdek, ushbu maqsad uchun hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari tuzilmasida dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish sohasida litsenziya talab va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish sho‘’balari tashkil etildi.

Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish sohasida litsenziya talab va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish sho‘’basida ham qayta litsenziyalashtirish ishlari olib borilmoqda.

Hozirgacha «Yagona darcha» markazlari orqali viloyatdagi 140 dan ortiq dorixonani qayta litsenziyalash uchun ariza qabul qilindi. O‘ndan ortiq ariza noto‘g‘ri rasmiylashtirilgani bois qayta topshirish uchun qaytarildi.

Viloyat komissiyasi ayni paytgacha 47 dorixona muassasasiga dori vositalari va tibbiyot buyumlarining chakana savdosi bilan shug‘ullanish uchun litsenziya berdi. Ushbu litsenziyalarning 26 tasi «Samarqand dori-darmon» aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashkil etilgan ijtimoiy dorixonalar hisoblanadi.

Bugungi kunda Samarqand viloyatida dori vositalari va tibbiyot buyumlarining chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi 900 ga yaqin dorixona mavjud.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Samarqand viloyatidagi dorixonalar litsenziyasi yangilanmoqda