12:02 / 31.10.2017
5 793

Sankt-Peterburgning madaniy-ishbilarmonlik missiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Sankt-Peterburgning madaniy-ishbilarmonlik missiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi
7—10 noyabr kunlari Sankt-Peterburgning madaniy-ishbilarmonlik missiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda «UzDaily»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Delegatsiya tarkibidan Sankt-Peterburg hukumati vakillari, ijro etuvchi organlari, shuningdek, o‘rta va oliy ta’lim, tibbiyot muassasalari rahbarlari hamda ishbilarmonlik doirasi vakillari o‘rin olgan.

Rossiya delegatsiyasi tashrif doirasida Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘ladi.

Delegatsiya Samarqand viloyati hokimi bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Toshkentda «Sankt-Peterburg va O‘zbekiston — hamkorlikning yangi ufqlari» biznes-forumi bo‘lib o‘tadi. Biznes-forum ishtirokchilari o‘zaro hamkorlikning manfaatli yo‘nalishlarini muhokama qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sankt-Peterburgning madaniy-ishbilarmonlik missiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi