12:23 / 31.10.2017
5 552

Samarqanddan Istanbulga ilk aviaqatnov amalga oshirildi

Samarqanddan Istanbulga ilk aviaqatnov amalga oshirildi
30 oktyabr kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining “Samarqand – Istanbul – Samarqand” yo‘nalishi bo‘yicha muntazam havo qatnovi ilk bor amalga oshirildi, deb xabar berdi Uz24 sayti.

Ushbu yo‘nalishdagi parvozlar hozircha haftaning dushanba kunida amalga oshiriladi. Shu yil 16 noyabrdan esa payshanba kunlari ham qatnovlar boshlanadi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi yangi yo‘nalishda yo‘lovchilarga “Airbus A320” va “Boeing 757” zamonaviy havo laynerlari orqali xizmat ko‘rsatadi.

Samarqanddan Istanbulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovining yo‘lga qo‘yilgani ikki mamlakat fuqarolariga qulayliklar yaratish, davlatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish hamda sayyohlik salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Samarqanddan Istanbulga ilk aviaqatnov amalga oshirildi