8 oktyabr kuni oliy darajadagi o‘zbek-turkman muzokaralari o‘tkaziladi

  • 08 oktyabr 2015, 14:29
  • 5 878
  • O‘zbekiston
  • 8 oktyabr kuni oliy darajadagi o‘zbek-turkman muzokaralari o‘tkaziladi

    8 oktyabr kuni Toshkentda O‘zbekistonga rasmiy tashrif amalga oshirgan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirokida oliy darajadagi o‘zbek-turkman muzokaralari tashkil etiladi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

    7 oktyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev kutib olgandi. Martabali mehmon sharafiga aeroportda ikki davlat bayroqlari yuqori ko‘tarilgan va faxriy qorovul saf tortgan.

    Shuningdek, O‘zbekiston bosh vaziri aeroport hududida Turkmaniston prezidenti bilan qisqa suhbat o‘tkazgan. Suhbatda bo‘lajak o‘zbek-turkman muzokaralari natijasida ikki tomon munosabatlarida yangi qadamlar qo‘yilishiga ishonch bildirilgan.

    Shundan so‘ng, Gurbanguli Berdimuhamedov aeroportdan o‘zi uchun Ko‘ksaroy majmuasida ajratilgan qarorgohiga yo‘l olgan.

    Avval xabar qilinganidek, oliy darajadagi uchrashuvlar chog‘ida O‘zbekiston va Turkmanistonning siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport va kommunikasiyalar, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorligining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

    Tashrif yakunlari bo‘yicha ikki davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonotini qabul qilish, iqtisodiyot, transport, bojxona, turizm, fan-texnika, sog‘liqni saqlash va sport sohalaridagi o‘zaro manfaatli aloqalarni izchil rivojlantirishga doir qator hujjatlar imzolanishi mo‘ljallangan.

    Eslatib o‘tamiz, Gurbanguli Berdimuhamedov 2013 yil noyabrida O‘zbekistonga, O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov esa 2014 yil oktyabrida Turkmanistonga rasmiy tashrif buyurgan edi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » 8 oktyabr kuni oliy darajadagi o‘zbek-turkman muzokaralari o‘tkaziladi