08:03 / 02.11.2017
6 025

«Tatneft» O‘zbekistonda investitsion loyihani amalga oshirishni mo‘ljallamoqda

«Tatneft» O‘zbekistonda investitsion loyihani amalga oshirishni mo‘ljallamoqda
Rossiyaning «Tatneft» neft kompaniyasi delegatsiyasi Toshkent viloyatidagi «Angren» erkin iqtisodiy zonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda «UzDaily.uz»ga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.

«Tatneft» delegatsiyasining tashrifi «Angren» EIZ hududida investitsion loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish va hamkorlikning amaliy jihatlarini muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.

Rossiya kompaniyasi neftkimyo ishlab chiqarish sohasida investitsion loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston tomoni «Angren» EIZ imkoniyatlari va shart-sharoitlarini, investorlar uchun taqdim etiladigan imtiyozlarni prezentatsiya qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «Tatneft» O‘zbekistonda investitsion loyihani amalga oshirishni mo‘ljallamoqda