05:10 / 03.11.2017
6 077

2018 yilda metroning barcha stansiyalari metall qidirgichlar bilan jihozlanadi

2018 yilda metroning barcha stansiyalari metall qidirgichlar bilan jihozlanadi
2018 yilda Toshkent metrosining barcha stansiyalarida metall qidirgich qurilmalari o‘rnatiladi. Bu haqda press-klubning navbatdagi uchrashuvida Toshkent metrosining bosh muhandisi Baxtiyor Sodiqov ma’lum qilgan.

Barcha metro stansiyalari metall qidirgichlar bilan jihozlanishi rejalashtirilmoqda. Bu chora yo‘lovchilar xavfsizligini oshirishi va ichki ishlar xodimlari ishini samaraliroq qilishi kutilmoqda.

Ayni vaqtda bu qurilmalarni ishlab chiqaruvchi korxonalardan takliflar ko‘rib chiqilmoqda va ularning yetkazib berilishi muhokama qilinmoqda. Sodiqovning ta’kidlashicha, poytaxt aholisi metall qidirgichlarning bir necha namunalarini “Bunyodkor” stansiyasida ko‘rishga muvaffaq bo‘lishgan. Qurilmalar bu yerda sinovdan o‘tkazilgan. Biroq qurilmalarni xarid qilish bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan va ularni o‘rnatishning aniq muddatlari belgilanmagan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 2018 yilda metroning barcha stansiyalari metall qidirgichlar bilan jihozlanadi