18:37 / 06.11.2017
7 011

7 noyabr kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi

 7 ноябрь куни Ўзбекистонда ёғингарчилик бўлмайди
7 noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3—8 metr tezlikda shamol esadi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markazi ma’lumotlariga asoslanib, O‘zA xabar bermoqda.

Havo harorati kechasi 7—9 daraja, kunduzi 16—18 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi 3—8, kunduzi 12—17 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi 5—10, kunduzi 15—20 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi 5—10 daraja, kunduzi 15—20 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi 8—13 daraja iliq, kunduzi 18—23 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5—10 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi 5—10 daraja, kunduzi 15—20 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi 2—7 daraja, kunduzi 8—13 daraja iliq bo‘ladi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 7 noyabr kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi