20:13 / 11.11.2017
5 971

Abdulaziz Komilov Ispaniyaga safar qiladi

Abdulaziz Komilov Ispaniyaga safar qiladi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 12-15 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Ispaniyada bo‘ladi. Bu haqda «TIV» matbuot xizmatiga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Tashrif dasturiga binoan Ispaniya Senati, Tashqi ishlar va hamkorlik vazirligi, Iqtisodiyot, sanoat va raqobat vazirligi hamda Savdo palatasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkaziladi.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari O‘zbekiston—Ispaniya biznes-forumida va boshqa birgalikdagi tadbirlarda ishtirok etadi va qirollikning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazadi.

«Tashrif doirasida iqtisodiyot, sanoat va transport sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan», — deyiladi vazirlik axborotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Abdulaziz Komilov Ispaniyaga safar qiladi