20:48 / 11.11.2017
7 015

O‘zbekistonda havo harorati -2 darajagacha sovushi kutilyapti

O‘zbekistonda havo harorati -2 darajagacha sovushi kutilyapti
13 noyabrdan butun respublika bo‘ylab havo haroratining pasayishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda harorat kechasi -2 darajagacha pasayishi, kunduzi esa +10 daraja yiliq bo‘lishi mumkin.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Havo harorati 12-13 noyabr kunlari kechasi +7…+12 daraja, 14-15 noyabr kunlari kechasi +5…+10 daraja bo‘ladi. 12 noyabr kuni kunduzi +18…+23 daraja bo‘lib, 13-15 noyabr kunlari +10…+15 darajagacha pasayadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. 12 noyabr kuni Qoraqalpog‘istonning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Havo harorati 12-13 noyabr kunlari kechasi +2…+7 daraja, 14-15 noyabr kunlari kechasi -2…-3 daraja bo‘ladi. 12 noyabr kuni kunduzi +12…+17 daraja, 13-15 noyabr kunlari +5…+10 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. 14 noyabr kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Havo harorati 12-13 noyabr kunlari kechasi +7…+12 daraja, 14-15 noyabr kunlari kechasi +5…+10 daraja bo‘ladi. 12 noyabr kuni kunduzi +18…+23 daraja, 13-15 noyabr kunlari +10…+15 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. 12-13 noyabr kunlari yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 13-14 noyabr kunlari esa ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metr tezlikgacha kuchayishi mumkin. 12 noyabr kuni kechasi havo harorati +8…+13 daraja, kunduzi +21…+26 daraja bo‘ladi. 13-15 noyabr kunlari +10…+15 darajagacha pasayishi mumkin.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi va yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Havo harorati 12-14 noyabr kunlari kechasi +6…+11 daraja, kunduzi +15…+20 daraja bo‘ladi. 15 noyabr kuni kechasi +5…+10 daraja, kunduzi +10…+15 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 12-13 noyabr kunlari yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. 14-15 noyabr kunlari ayrim tumanlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatilishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Havo harorati 12-14 noyabr kunlari kechasi +2…+7 daraja, 15 noyabr kuni 0…+5 daraja bo‘ladi. 12 noyabr kuni kunduzi +13…+18 daraja, 13-15 noyabr kunlari +5…+10 darajagacha pasayishi mumkin.

Manba: uznews.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda havo harorati -2 darajagacha sovushi kutilyapti