16:54 / 15.11.2017
7 300

Naqd pul bilan bog‘liq muammolar hal qilinmoqda, yil oxirigacha 200ta bankomat sotib olinadi

Naqd pul bilan bog‘liq muammolar hal qilinmoqda, yil oxirigacha 200ta bankomat sotib olinadi
O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan tijorat banklari joriy yil so‘ngiga qadar qo‘shimcha 200ta bankomatni xarid qilishi kutilmoqda.

Bu haqda Markaziy bank raisi birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov xalqaro press-klub yig‘ilishi vaqtida xabar bergan.

«Bizda mavjud ma’lumotga ko‘ra, tijorat banklari shu masala bo‘yicha shug‘ullanmoqda, yil oxiriga borib, yana 200ta bankomat sotib olinishi belgilangan», deya uning so‘zlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.

Markaziy Bank birinchi o‘rinbosarining aytishicha, iste’molda naqd pul bilan uchrab turgan muammolar hal qilinmoqda. Bunday yechim bankomatlarni ko‘paytirish, erkin valyuta konvertatsiyasiga to‘liq erishish, yuridik shaxslar zimmasiga qo‘yilgan majburiy valyuta savdosi bekor qilinganida ko‘rinadi.

«Banklar bu jarayonning bevosita ishtirokchisi sanaladi, Markaziy Bank ushbu vaziyatga aralashmaydi. Shuningdek, bankomatlarni ko‘paytirish katta resurs talab qilishini inobatga olish lozim: bizda bunday infratuzilma tayyor emas», deydi rais birinchi o‘rinbosari bankomatlarning respublika bo‘ylab joylashuvi haqida gapirib.

Ma’lumot uchun, ayni paytda Toshkent shahrining aholi gavjum bo‘ladigan bir necha nuqtasida «Xalq banki»ga tegishli foydalanishda bo‘lgan bankomatlar iste’molchilarga xizmat qilmoqda. Shuningdek, davlat tashkilot va idoralarining Respublika bo‘g‘inida faoliyat olib boradiganlar uchun ish joyining o‘zida ana shunday qulayliklar yaratilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Naqd pul bilan bog‘liq muammolar hal qilinmoqda, yil oxirigacha 200ta bankomat sotib olinadi