«Sog‘lom avlod uchun» fondi Germaniyaning Friedensdorf International, Janubiy Koreyaning Siloam Center for the Blind, Vision Care Service xalqaro tashkilotlari va boshqa muassasalar bilan o‘rnatgan hamkorlik natijasida turli xastaliklar bilan og‘rigan bemorlarni bepul sog‘lomlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu haqda «O‘zA»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
2015-2017 yillarda Farg‘ona va Buxoro shaharlarida ko‘z sohasida kasalligi bo‘lgan 4 mingga yaqin bemor chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 589 nafar bemorda katarakta xastaligini bartaraf qilish va ko‘z gavharini almashtirish jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib, sog‘lomlashtirishga erishildi.
Bu yilgi aksiyada Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida bemorlar Janubiy koreyalik malakali shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazilmoqda. Aniqlangan kasalliklar jarrohlik amaliyoti bilan bartaraf etilmoqda.
Janubiy koreyalik malakali shifokorlar tomonidan o‘tkazilayotgan jarrohlik amaliyotlari viloyat shifokorlarining tajriba va mahoratini yanada oshirishga xizmat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi