Qashqadaryoda 930 litr hujjatlari yo‘q dizel yonilg‘isi musodara qilindi

  • 18-11-2017, 00:18
  • 2 175
  • O‘zbekiston
  • Qashqadaryoda 930 litr hujjatlari yo‘q dizel yonilg‘isi musodara qilindi
    Qashqadaryo huquq-tartibot idoralari vakillari 900 litrdan ko‘proq dizel yonilg‘isi tegishli hujjatlarga ega emasligini aniqlab, uni olib kirishga harakat qilgan qonunbuzarni ushlab qoldi. Bu haqda viloyat «bojxona boshqarmasi»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

    O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Qarshi shahrida harakatlanayotgan fuqaro Siroj Diyorov boshqaruvidagi Nexia avtomashinasi belgilangan tartibda to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, avtomashina saloni va yukxonasiga texnik va yong‘in xavfsizligi talablariga zid ravishda turli sig‘imdagi 23 ta yelim idishda dizel yonilg‘isi ortilgani aniqlandi.

    Jami 930 litrni tashkil qiluvchi ushbu neft mahsulotlariga tegishli hujjatlar so‘ralganda, S. Diyorov mahsulotni notanish kimsalardan sotib olganini bildirdi.

    Shunga asosan qiymati salkam 4,2 million so‘mni tashkil qiluvchi dizel yonilg‘isi, shuningdek, ushbu holatga aloqador Nexia avtomashinasi vaqtincha saqlovga topshirildi. Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    » » Qashqadaryoda 930 litr hujjatlari yo‘q dizel yonilg‘isi musodara qilindi