20:05 / 26.11.2017
8 049

Farg‘onada chiroyli davlat raqamlari 1 milliard so‘mdan ortiqqa sotildi

Farg‘onada chiroyli davlat raqamlari 1 milliard so‘mdan ortiqqa sotildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 avgustdagi 683-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyati IIB YHXB tomonidan jismoniy shaxslarga beriladigan 476 ta va yuridik shaxslarga tegishli 164 ta davlat raqam belgilari birja orqali oshirilgan to‘lov stavkasida sotuvga qo‘yildi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Natijada o‘tgan vaqt oralig‘ida jismoniy shaxslarga 49 ta, yuridik shaxslarga 29 ta davlat raqami oshirilgan qiymatda sotilgan.

Sotuvlardan 1 milliard 385 million so‘mdan ortiq mablag‘ davlat byudjetiga kelib tushishi ta’minlangan. Viloyat IIB YHXB tomonidan avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish borasida davlat raqam belgilarining sotuvi davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Farg‘onada chiroyli davlat raqamlari 1 milliard so‘mdan ortiqqa sotildi