15:20 / 28.11.2017
5 942

O‘zbekiston bosh prokurori boshchiligidagi delegatsiya Rossiyaga tashrif buyuradi

O‘zbekiston bosh prokurori boshchiligidagi delegatsiya Rossiyaga tashrif buyuradi
O‘zbekiston bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya 2017 yilning 29—30 noyabr kunlari Rossiyada bo‘ladi. Bu haqda «UzDaily»ga tayanib «Daryo» nashri yozmoqda.

O‘zbekiston delegatsiyasi tashrif chog‘ida Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan ShHTga a’zo davlatlarning bosh prokurorlari ishtirokidagi 15-majlisda hamda MDH davlatlari bosh prokurorlarining Muvofiqlashtiruvchi kengashining 27-majlisida ishtirok etadi.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi Sankt-Peterburg Xalqaro prokurorlar uyushmasining mintaqaviy vakolatxonasining ochilish marosimida ishtirok etishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston bosh prokurori boshchiligidagi delegatsiya Rossiyaga tashrif buyuradi