16:32 / 29.11.2017
6 882

Afg‘oniston prezidenti 4 dekabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Afg‘oniston prezidenti 4 dekabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘aniy O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan 4 dekabr kuni keladi. Bu haqda Afg‘onistonning respublikadagi elchixonasi xabariga tayanib Kun.uz nashri yozmoqda.

Elchixona ma’lumotlariga ko‘ra, tashrif doirasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilmoqda.

29 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatga amaliy tashrif bilan kelgan Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidentining iqtisodiy masalalar bo‘yicha katta maslahatchisi Humoyun Qayumiy va prezidentning MDH mamlakatlari va Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus vakili Muhammad Shokir Korgarni qabul qildi.

Muzokaralarda oliy darajada bo‘lajak O‘zbekiston-Afg‘oniston uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy masalalari, xususan ikki tomonlama hujjatlar loyihalari muhokama qilindi, deb xabar bergan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Afg‘oniston prezidenti 4 dekabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi