Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston iste’mol sektoridagi inflyatsiya to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Inflyatsiyaning oylik ko‘rsatkichlari mamlakatda ilk bor e’lon qilinmoqda.
Noyabrda tovarlar va xizmatlar uchun iste’mol narxlari o‘rtacha 2 foizga ko‘tarildi. Jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari 1,5 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 3,4 foizga va xizmatlar 0,5 foizga oshgan. Solishtirish uchun: 2016 yil noyabrida iste’mol mahsulotlari 0,8 foizga ko‘tarilgan.
Meva-sabzavot mahsulotlari narxlari darajasining o‘zgarishiga mavsumiy omillar ta’sir etdi. Birmuncha sezilarli darajada pomidor va bodring mahsulotlari narxlari — 60,6 foiz va 54 foizga, uzum — 19,8 foizga, olma — 14,1 foizga qimmatlashdi. Shu bilan birga, sabzi — 17,2 foizga, piyoz — 13,9 foizga, karam — 12,9 foizga va kartoshka — 1,1 foizga arzonlashdi.
Shuningdek, tuxum — 7,9 foiz, choy va kofe — 2,4 foiz, saryog‘ — 2,3 foiz, bug‘doy uni — 2,2 foiz, sut mahsulotlari — 2,1 foiz, qandolat mahsulotlari — 1,9 foiz, mol go‘shti — 1,6 foiz, qo‘y go‘shti va guruch — 1,2 foiz, o‘simlik moyi — 0,8 foizga qimmatladi. Mosh — 5,7 foiz, loviya — 5,1 foiz, parranda go‘shti — 4,4 foiz, baliq — 3,7 foiz, grechka va boshqa yormalar — 1,4 foiz hamda shakar — 0,4 foizga arzonlashdi.
Bir oy davomida nooziq-ovqat mahsulotlari 3,4 foizga qimmatlashgan. O‘sish o‘tgan yilning noyabriga nisbatan yuqoriroq bo‘ldi (1,8 foiz). O‘sishga asosan benzin narxining ko‘tarilishi (o‘sish o‘rtacha 39,7 foiz) bilan bog‘liq.
Nooziq-ovqat mahsulotlarining boshqa turlarida ham narxlar o‘sishi kuzatildi. jumladan dori vositalari — 4,8 foiz, kiyim-kechak — 2,9 foiz, qurilish materiallari — 2,6 foiz, zargarlik buyumlari — 2,4 foiz, oyoq kiyimi — 2,2 foiz, shaxsiy gigiyena tovarlari — 2,1 foiz, yuvish va tozalash vositalari — 1,8 foizga qimmatlashdi.
Aholiga pulli xizmatlarni ko‘rsatish sohasida noyabr oyida 0,5 foizlik o‘sish qayd etildi. 2016 yil noyabrida tariflar 0,4 foizga oshgan edi.
Mazkur sohada maishiy xizmatlar tariflarining 2 foizga, xorijiy tillar kurslarida o‘qish narxining 2,2 foizga o‘sishi asosiy inflyatsion omil bo‘ldi.
Manba: Gazeta.uz
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi